Italiyaning «Como» klubi 20 yoshli vinger Assane Diaoni shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Como» senegallik futbolchiga 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qiladi. Yozgi transfer oynasida klub Diaoni 40 million evro evaziga Angliya Premer-ligasiga sotishdan bosh tortdi va Seriya A klublaridan kelgan takliflarni ham rad etdi.
Yangi mavsumda Diao Italiyaning uchta chempionat o'yinida maydonga tushib, ikki gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Vingerning «Como» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyigacha davom etadi.
