Daniyalik himoyachi Simon Kyer faoliyatining katta qismini Italiyada o‘tkazdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

U «Palermo», «Milan», «Roma» va «Atalanta» kabi jamoalarda o‘ynadi. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ham Italiyada yashashni davom ettirmoqda.

Simon buni shunday izohladi: «Bu yerda men uchun qulay. Futbolchilikni tark etdim, chunki bolalarim bilan ko‘proq vaqt o‘tkazmoqchiman.

Bizning oilada turli tillar aralashgan. Men dan tillida gaplashaman, rafiqam shved tilida, bolalar esa ingliz va italyan tillarida so‘zlashadi», dedi u pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida.

Shuningdek, Simon Kyer Daniya terma jamoasi safida 132 ta o‘yin o‘tkazib, jamoa rekordchisi hisoblanadi. Uning Italiyada qolishi oilaviy hayotiga hamda farzandlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish istagiga bog‘liq.