Italiyaning «Como» klubining eng yaxshi hujumchisi Tasos Duvikas klub bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi. 

«Como 1907» klubi Tasos Duvikas yangi shartnoma imzolaganini mamnuniyat bilan ma'lum qiladi, bu shartnoma 2031 yilgacha mo'ljallangan. Duvikas 2024/25 mavsumining qishki transfer oynasida jamoaga kelganidan beri «biankoblular» safida 68 o'yin o'ynab, barcha musobaqalarda 27 gol urdi va beshta golli uzatma berdi», - deya xabar bermoqda klubning matbuot xizmati. 

Hozirda «Como» italiyaning Seriya A turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda turibdi. Yakshanba kuni jamoa milanlik «Inter» bilan kuch sinashadi.