Markaziy himoyachi «Milan» Strahinya Pavlovich tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Serb futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi, ammo «rossoneri» rahbariyati futbolchidan mamnun va unga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqda. Insider Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi shartnomani 2031 yilning o'rtalarigacha uzaytirishga yaqin.

Strahinya Pavlovich 2024 yil yozida avstriyalik «Red Bull Zaltsburg»dan «Milan»ga o'tdi. Markaziy himoyachi italiyalik buyuk klubda barcha musobaqalarda 75 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.