Eks darvozabon Fiorentina klubi a'zosi Francesco Toldo klubning yuz yillik yubileyiga bag'ishlangan kechadan o'z taassurotlarini baham ko'rdi. Sobiq futbolchi o'tgan davr yulduzlari ishtirokidagi o'yinda qatnashdi.
Toldo klub saytiga bergan intervyusida: «Bu bayram va xotiralar kechasi. Hammasi sport va do'stlikka bag'ishlangan», - dedi.
U, shuningdek, maydonga qaytishi haqida ham gapirdi:
«Men endi o'sha paytlardagi kabi harakat qila olmayman, lekin bu ajoyib voqea. Bu juda hayajonli. Biz ko'p yillar birga o'ynadik va kuboklar yutdik. Tomoshabinlarning quvonchini ko'rish mumkin edi. Men uchun bu klubning bir qismi bo'lish va ushbu jamoada o'ynash sharaf edi».
Toldo 1993 yildan 2001 yilgacha «Fiorentina» safida o'ynagan. Shuningdek, darvozabon «Inter» klubida uzoq yillar faoliyat yuritgan va Italiya terma jamoasi safida o'yinlar o'tkazgan.
