Italiya mintaqaviy chempionatida ishtirok etayotgan "Real San Jovani" klubi o‘zining o‘yinchilari uchun ilhomlantiruvchi xabar olish maqsadida ancha mashhur bo‘lgan "Real" Madrid klubiga murojaat qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Italiyaliklar matbuot xizmati Madrid klubidan o‘z sportchilari uchun rag‘batlantiruvchi so‘zlarni yozib berishni so‘radi. Madrid jamoasi bu taklifga tez javob qaytardi va qo‘shimcha ravishda o‘zining eng yaxshi o‘yinchilari imzolagan fotosuratlar to‘plamini yubordi.
Madrid klubi matbuot xizmati o‘z javobida: “Sizlarga minnatdorchilik bildiramiz. Go‘zal so‘zlaringiz biz uchun juda qadrli.
Siz kabi muxlislarimiz borligidan xursandmiz. Sizga “Real” o‘yinchilari imzolagan fotosuratlar to‘plamini yuboramiz.
Sizga muvaffaqiyatli mavsum tilaymiz va yana bir bor murojaatingiz uchun rahmat aytamiz. Butun qalbimiz bilan, Real Madrid Futbol Klubi” deb yozdi.
Hozirda "Real" jamoasi Ispaniya chempionatida yetakchilik qilmoqda.