«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich futboldagi uzoq umr haqida doimiy muhokamalardan charchagan.

9 sentyabrda xorvat 41 yoshga to'ladi. U yozda «rossoneri» bilan 2026/27-yilgi mavsum oxirigacha shartnomani uzaytirdi.

«Ko'pchilik yoshim haqida gapiradi, lekin bu biroz charchatadi. Men hozirgi zamonda yashayapman, har bir kunimdan bahramand bo'lishga harakat qilaman va o'ylaymanki, tanam futbolni tugatish vaqti kelganda signal beradi. Men o'zimga halolman, har doim realistik bo'lishga harakat qilaman, shuning uchun, albatta, bu kun kelishini tushunaman, garchi bu qiyin bo'ladi. Bu lahzaning yaqinlashayotganini tushunaman. Qancha vaqt qoldi, ko'ramiz, lekin hozircha davom etyapman», – dedi yarimhimoyachi Marca'ga bergan intervyusida.

Luka Modrich o‘tgan yil yozda «Milan»ga o‘tgan, avval esa 13 yil davomida Madridning «Real» klubida o‘ynagan.