Turinning Yuventus klubi argentinalik qanot o‘yinchisi Niko Gonsales bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

Tomonlar o‘rtasidagi muloqot milliy jamoalar o‘yinlari vaqtida bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarda hamkorlikni 2030 yoki 2031 yilgacha uzaytirish masalasi muhokama qilinadi. 28 yoshli qanot o‘yinchisi bilan eski sinyora o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyida tugaydi. Uning transfer narxi 22 million evro deb baholanmoqda.

Hozirgi mavsumda Seriya Ada Gonsales uchta uchrashuvda qatnashdi va bitta gol urdi.