Himoyachi «Verona» Rafik Belgali o'z karerasini italiyaning boshqa klubi «Torino»da davom ettiradi. Bu haqda Turin klubining matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarlarga ko'ra, bitimning qiymati yetti million evroni tashkil etadi.
O'tgan mavsumda Italiya chempionatida 24 yoshli futbolchi 26 ta o'yinda maydonga tushdi. U ikki gol urdi va olti golli uzatma berdi. Seriya Aga ko'chishidan oldin Belgali uzoq vaqt davomida Belgiya chempionatida o'ynagan.
Ikki turdan so'ng Italiya chempionatida «Torino» 15-o'rinda joylashgan bo'lib, hali birorta ball to'plamagan.
