Milanning «Inter» klubi sport direktori Piero Auzilio bilan hamkorligini tugatmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi o'tgan yozda muddati tugagan. Shunday qilib, Auzilioning «nerazzurri»dagi 28 yillik faoliyati yakuniga yetmoqda.

Milanning yuqori darajadagi klubi yangi mavsumda italiyaning Seriya A turnirida ikki g'alaba bilan boshladi. Jamoa turnir jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi.

Interning mamlakat chempionatidagi keyingi o'yini «Napoli»ga qarshi o'z uy stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 5-sentabr, shanba kuni o'tkaziladi.