Milan tarkibini inglizning Nottingem Forest klubidan kelgan Omar Xatchinson kuchaytirdi. U har doim «rossoneri» tarkibida bo'lishni orzu qilganini ta'kidlaydi. Ijaraga olish «Milan»ga to'rt million evroga tushdi, lekin sotib olish narxi o'n bir barobar qimmatroq bo'lib, 44 million evroni tashkil etishi mumkin.
«Bu yerda bo'lish — bu orzu. Bunday muhim klubdan, masalan, Milandan qo'ng'iroq kelganda, bu juda ajoyib. Otam doimo menga ushbu forma kiygan buyuk chempionlar haqida gapirardi. Ushbu jamoaning bir qismi bo'lish — bu ajoyib», - deya Xatchinsonning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Shuni eslatib o'tamizki, Milan italiyan chempionatining yangi mavsumini ikki g'alaba bilan boshladi.
