«Real» jamoasining bosh murabbiyi Jozef Mourinyo turli mamlakatlarda katta tajribaga ega. «Atletiko»ga qarshi o'yin oldidan, Maxsusdan eng ko'p ta'sirlangan derbi haqida so'rashdi.
«Ayta olish qiyin, chunki klub formasini kiyganingizda, o'zingizni muxlis sifatida his qila boshlaysiz. Haftalar davomida ko'chada yurib, «Biz «Yuventus»ni yengamiz» yoki boshqa biror narsani eshitmaysiz. Yoki tashqi dunyodan izolyatsiyalanasiz», - dedi u.
Eng hayratda qoldirgan derbi esa Milan derbisi bo'ldi. Chunki men o'ylagandim, ularning o'rtasida... biroz, lekin nafrat bor. Meni hayratga solgan narsa, ular do'st ekanligi, yaxshi munosabatda ekanligi. Nafrat esa biroz shimolda. Men ko'chada turli klublarning futbolkalarini kiygan erkak va ayolni ko'rdim. Portugaliyada bu mumkin emas. Turkiya haqida esa umuman gapirmayman!» - deya qo'shimcha qildi Mourinyo matbuot anjumanida.
«Atletiko» va «Real» Madrid derbisini 20 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan 17:15da boshlaydi.
