«Latsio» fransuz himoyachisi Samuel Jigo bilan shartnomani bekor qilgani haqida ma'lum qildi. Ushbu ma'lumot italiyalik klubning rasmiy saytida e'lon qilindi.

Ma'lum qilinishicha, 32 yoshli futbolchi bilan kelishuv tomonlarning o'zaro roziligi bilan tugatildi. O'yinchi joriy mavsumda orqa muammolari sababli maydonga tushmagan.

Jigo 2023 yildan beri «Latsio»da o'ynadi va shu vaqt ichida 23 uchrashuvda ishtirok etib, 2 gol urdi va 1 golli uzatma berdi.

Shuningdek, futbolchi Moskvaning «Spartak», «Marsel», «Gent» va boshqa bir qancha klublarda o'ynagan. Jigo ning bozor qiymati Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra 1,2 million evrodir.