«Inter»ning bosh murabbiyi Kristian Kivu «Roma»ga qarshi o'yin tugagandan so'ng matbuot anjumanida chiqish qildi. Beshinchi tur o'yini 2:2 hisobida tugadi, birinchi bo'limda milanliklar 0:2 hisobida ortda qolishdi.

«Men ikkinchi bo'limdan boshlayman, chunki tanaffusda o'yinchilarga o'yinimiz haqida o'ylayotganimni aytdim. Ammo bu suhbatning mazmuni men bilan futbolchilar o'rtasida qoladi. Bu men o'ylayotgan narsa va ular ham buni tushunishiga ishonaman», - dedi Kivu DAZNga.

«Bu ko'rkam o'yin bo'ldi. Ikkinchi bo'limda biz bu mavsumda bizga yetishmayotgan ajoyib kayfiyat, xarakter va o'zini bag'ishlashni ko'rsatdik. Buni rivojlantirishimiz kerak», - qo'shimcha qildi Kivu.

«Hamma birinchi bo'limda bizga nima yetishmayotganini biladi. O'yinda har doim ikki faza mavjud - to'p bilan va to'psiz, va biz to'psiz yaxshiroq harakat qilishimiz kerak», - dedi Kivu.

«Inter»ning hisobida 13 ochko bor. «Roma» ham shuncha ochko to'pladi. Ikkala klub Seriya A turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.