«Roma» jamoasining bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini, Seriya Aning ikkinchi turida «Lechche» ustidan 4:0 hisobida qozonilgan g'alabadan so'ng, yarim himoyachi Manu Kone sotuvga qo'yilmaganini ma'lum qildi.

«Bu faqat media shov-shuvidir. Menga hech kim Kone yoki boshqa biror o'yinchining ketishi haqida hech narsa demagan. Ayniqsa, transfer oynasi yopilishidan 24 soat oldin. Mening bilishimcha, rahbariyat o'yinchilarni sotishga niyat qilmagan», - dedi Gasperini.

Murabbiy shuningdek, «Roma» tarkibi hozircha yetarlicha to'ldirilmaganini ta'kidladi.

«Dibala va Malen har doim o'ynay olmaydi. Bugun hujumda bizda faqat ikki o'yinchi zaxirada bor edi. Biz Pellegrini va Renshni qaytaramiz, lekin baribir kimdir yo'q bo'lib qoladi. Bugun kutilmaganda Ndidani yo'qotdik», - dedi mutaxassis.

«Chempionlar ligasida yetarli o'yinchiga ega bo'lish ayniqsa muhim, shunda bir futbolchining yo'qligi shunchalik ta'sir qilmaydi. Tarkibni to'ldirishni umid qilamiz. Agar hozirgi tarkibda qoladigan bo'lsak, baribir kurashamiz va chekinmaymiz. Chempionlar ligasi va chempionat - bu marafon, sprint emas», - deya qo'shimcha qildi.

Gasperini g'alaba uchun futbolchilarni maqtadi, ularning ishonchi, xarakteri va o'yin sifatini ta'kidladi.