Chap himoyachi «Lion» Nicolas Tagliafico «Yuventus»ga o'tishi mumkin. Dushanba kechqurun Turin klubi argentinik bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano. 34 yoshli jahon chempioni, agar Xuan Kabal Atalantaga o'tsa, «qariyalar» safiga qo'shilishi kutilmoqda.

31 avgustda Tagliafico 34 yoshga to'ldi. U «Lion» ranglarini 2022 yildan buyon himoya qilmoqda, avvalroq o'z vatanida «Independiente» va «Banfield» jamoalarida o'ynagan. Transfermarkt portalida uning narxi 4 million evro deb baholanmoqda, «to'qimachilar» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi.