«Yuventus» Kenen Yildizning chap oyoq beshinchi plusne suyaklarining asosida singanligi sababli operatsiya o‘tkazganini ma’lum qildi.
Yildiz jarohatni Seriya Aning «Frozinone»ga qarshi o‘yinda oldi. Operatsiya Germaniyada mahalliy mutaxassislar tomonidan o‘tkazildi, jarrohlik jarayonida «Yuventus»ning klub shifokori Marko Freski ham ishtirok etdi. Futbolchining reabilitatsiyasi yaqin kunlarda boshlanadi.
«Yuventus» Yildizning tiklanish muddatini aniq ko‘rsatmagan. Boshqa manbalarga ko‘ra, u maydonga taxminan 2-3 oy ichida qaytishi mumkin.
«Yuventus» shuningdek, Jeff Ekhatorning jarohati haqida ma’lum qildi. Tekshiruv natijasida futbolchining o‘ng son mushagida o‘rta darajadagi jarohat aniqlangan. Ekhator jarohatni «Djenoa»dan o‘tishidan so‘ng oldi. Futbolchiga qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilishi kerak. U ikki oygacha maydondan chetda qolishi kutilmoqda.
