«Atalanta» «Bolonya» bilan qanot o'yinchisi Jonatan Rouni o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.

23 yoshli ingliz futbolchisi uchun shartnoma yakuniy bosqichda. Mashhur jurnalist Fabrizio Romano o'z sahifalarida yozishicha, futbolchi «Atalanta»ga ijaraga o'tadi va sotib olish majburiyati bilan kelishuv tuzadi. Shartnomadagi belgilangan summa 35 million evro, yana besh million evro bonus sifatida ko'zda tutilgan. O'z navbatida, futbolchi aynan bergamas klubida faoliyatini davom ettirishni xohlagan.

Rou «Bolonya»da 2025 yil yozidan beri o'ynaydi. Avvalroq ingliz futbolchisi «Marsel» va «Norvich»da o'ynagan.