Markaziy hujumchi Andrea Pinamonti «Latsio»ning yangi o'yinchisi bo'ldi. Poytaxt klubi o'zining rasmiy saytida italiyalik futbolchini «Sassuolo»dan sotib olgani haqida ma'lum qildi.

Yangi o'yinchi bilan mehnat shartnomasi muddati haqida batafsil ma'lumot berilmagan. Oldinroq, matbuotda Pinamonti besh yillik shartnoma imzolashi va «Sassuolo» 13 million evro olishi haqida xabarlar paydo bo'lgan. Rim jamoasida hujumchi to'qqizinchi raqam ostida o'ynaydi.

O'tgan mavsumda 27 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 37 uchrashuvda ishtirok etib, to'qqizta gol urdi va to'rt assist berdi.