Milan klubi yarim himoyachi Luka Modrichning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, rossonerilar 40 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda. Yakuniy qaror bahor oylarida qabul qilinadi, biroq hozirgi vaqtda Milan jamoasida Modrichni saqlab qolish zarur degan fikr hukm surmoqda.
Tajribali futbolchi jamoa uchun muhim hisoblanadi va u joriy Italiya chempionatida o‘tkazilgan 11 ta o‘yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushgan. Modrichning amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, unda shartnomani uzaytirish imkoniyati mavjud.
Hozirgacha Modrich Milan uchun 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va ikki golga uzatma berdi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi kelishuvning davom etishi jamoaning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim hisoblanadi.