33 yoshli darvozabon Mattia Perin Turinning «Juventus» klubini tark etdi. Tajribali darvozabon «Palermo»ga o'tdi. Bu haqda siciliyalik klubning matbuot xizmati ma'lum qildi.

Yozilishicha, tomonlar to'liq transferni rasmiylashtirgan. O'yinchi «Palermo» bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi. Oldinroq, shartnoma uch yilga mo'ljallanganligi va bitim summasi taxminan 500 ming evro ekanligi haqida xabar berilgan edi.

Perin 2018 yildan beri «qadimgi xonim» futbolchisi bo'lib kelgan.

Shuni ta'kidlaymizki, siciliyalik jamoa bu mavsumda ikkinchi divizionda o'ynamoqda. Seriya B ning birinchi turida «Palermo» «Juventus Stabia»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.