Shveytsariyalik qanot o'yinchisi Ruben Vargas, huquqlari «Sevilya»ga tegishli, italiyalik Seriya Aga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka di Marcio xabar bermoqda.
Hujumchi futbolchiga «Bolonya» qiziqmoqda. «Rossoblular» Vargasni Jonatan Rou o'rnida ko'rmoqda, u yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
O'tgan mavsumda shveytsariyalik futbolchi andaluz jamoasi safida 25 uchrashuvda ishtirok etdi. Ruben 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.
28 yoshli qanot o'yinchisi «Sevilya» bilan 2029 yilning o'rtalarigacha shartnoma imzolagan. Uning bozor qiymati 15 million evroga baholanmoqda.
