«Milan»ning qanot o'yinchisi Rafael Leau «Galatasaray»ga o'tgan taqdirda qancha maosh olishini ma'lum bo'ldi.
Turk jurnalisti Yagiz Sabunkoglu xabar berishicha, «Galatasaray» Leau bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan. Ma'lum qilinishicha, hujjatlar imzolanganidan so'ng, portugaliyalik o'yinchining yillik maoshi 12 million evro bo'ladi.
Biroq, Turkiya chempioni «Milan» bilan hali ham kelishuvga erisha olmagan. Hozirda klublar muzokaralar olib bormoqda.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining bozor qiymati 50 million evrodir.
Avvalroq Leau qaysi jamoada karyerasini davom ettirishni xohlayotgani haqida ma'lumot paydo bo'lgan edi.
