Simone Indzagi ilgari Rimning «Latsio» jamoasida o'ynagan va uni boshqargan, shuning uchun klubdagi vaziyatga diqqat bilan qaramoqda. U, «Latsio» muxlislari klub rahbariyatiga qarshi norozilik bildirayotganidan yuragi og'riyotganini aytdi.

«Men chuqur qayg'u his qilaman va umid qilamanki, tez orada bu qiyin vaziyatdan chiqamiz. Stadionga bormayotgan muxlislar bundan eng ko'p azob chekmoqda. Men bu muhitni yaxshi bilaman: 23 yoshimda «Latsio»ga keldim va u yerda 22 yil o'tkazdim», - dedi Simone Indzagi cittaceleste.it saytiga bergan intervyusida.

«Latsio» oxirgi marta 2000 yilda chempion bo'lgan - o'sha paytda Simone klubda o'ynayotgan edi.