Yarim himoyachi Frank Kessi italiyaning Seriya Aga qaytishi mumkin. 29 yoshli futbolchi «Yuventus»ga o'tishni afzal ko'rmoqda, deya xabar bermoqda insayder Janluka di Marzio. Ivoriyalik o'yinchi «qariyalar»dan aniq taklif kutmoqda. Turin klubi Frank Kessini qabul qilishdan oldin bir necha o'yinchidan xalos bo'lishi kerak, taxminlarga ko'ra, «biyankonerlar» Artur Melo va yana bir yarim himoyachidan voz kechishi kutilmoqda.

Joriy yilning yozida Frank Kessi «Al-Ahli»dan ketib, uch yil Saudiya Arabistonida o'ynagandan so'ng erkin agentga aylandi, avval esa u «Barselona»da o'ynagan, Italiyada esa «Milan» va «Atalanta» ranglarini himoya qilgan.