Italiyaning Seriya A ligasida avgust-sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi tanlandi. Ushbu mukofot «Roma» hujumchisi Doniell Malenga berildi.

O'tgan beshta turda Italiya chempionatida Malen o'z hisobiga olti gol yozib qo'shdi. Niderlandiyalik futbolchi «Fiorentina» darvozasiga (xet-trik), «Lechche» (ikkita gol) va «Torino»ga gol urdi.

Mukofotni Doniell Malen 17-oktabr kuni «Roma» va «Djenoa» o'rtasidagi o'yin oldidan oladi.

Beshta turdan so'ng, «Roma» Seriya A jadvallarida «Inter» va «Lazio» bilan birga birinchi o'rinda turibdi. Ushbu uchta jamoa 13 ochko to'plagan.

«Roma»ning navbatdagi o'yini 11-oktabrda «Como»ga qarshi safarda bo'ladi.