«Milan» o'zining rasmiy manbalarida belgiyalik qanot o'yinchisi Diego Moreyraning «Strasburg»dan o'tishini e'lon qildi.
22 yoshli futbolchi «rossoneri» bilan 2031 yil 30 iyungacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Yangi jamoasida Moreyra 22-raqam ostida maydonga tushadi. OAVda avvalroq xabar berilganidek, transfer «Milan»ga 45 million evroga tushadi.
«Strasburg»ga o'tishidan oldin belgiyalik «Chelsi» tizimida faoliyat yuritgan va «Lion»da o'ynagan. «Strasburg» safida Moreyra 2024 yildan beri o'ynadi. Umuman olganda, u fransuz jamoasi bilan 76 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 16 ta assist berdi.
