Xorvat yarimhimoyachisi Luka Modrich «Milan»da qolganini, klubni Seriya Ada beshinchi o'rindan to'rtinchiga ko'tarishga yordam berish uchun emas, balki chempionatni yutish maqsadida qilganini bildirdi.

«Men yutmoqchiman. Bu haqida gapirish emas, balki amalga oshirish kerak. «Milan»da o'ynaganda, faqat eng yuqori maqsadlarni o'ylaysiz. Chempionlar ligasi zonasiga kirish haqida o'ylash kichik maqsad. Eng yuqori vazifalarni qo'yish kerak», - deya Modrichning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, «Milan» oxirgi marta Italiya chempioni 2022 yilda bo'lgan. Bu Stefano Piolining besh yil davomida klubni boshqarish davrining eng yuqori nuqtasi edi.