37 yoshli darvozabon Norberto Neto yaqinda «Juventus»ga qaytgan. Turin klubi darvozaboni Kamiyl Grabara jiddiy tizza jarohati olgandan so'ng, Neto bilan shartnoma imzoladi. Neto so'zlariga ko'ra, u «Juventus» qiziqishi haqida tennis o'yinini tomosha qilayotganda bilib olgan.

«Men oilam bilan hayotdan zavq olayotgan edim. Haqiqat shundaki, men bu yangilikni [«Juventus» qiziqishi haqida] Braziliya va Shveytsariya o'rtasidagi Davids kubogi o'yinini tomosha qilayotganda oldim va yana o'ylay boshladim. Agar tanish joyga qaytish imkoniyati paydo bo'lsa, albatta, moslashish uchun kamroq vaqt talab etiladi», - deydi Neto TuttoJuve'ga bergan intervyusida.

«Juventus» Italiya chempionatining Serie A jadvalida yettinchi o'rinda turibdi.