Hakan Chalxanog'lu milanlik «Inter»dan, jamoadoshlari va terma jamoa do'stlari orasidan kimlarni eng yaxshilari deb bilishini aytib o'tdi.

32 yoshli futbolchi 2021 yildan buyon «nerazzurri» ranglarini himoya qilmoqda. Avvalroq turk futbolchisi «Milan»da o'ynagan, Italiyaning oldidan esa Germaniyada «Bayer» va «Gamburg» jamoalarida o'ynab, o'z nomini yaratgan.

«Ibragimovich va Son Xun Min, lekin men ko'plab ajoyib futbolchilar bilan o'ynadim, shuning uchun tanlash qiyin. «Inter»dagi do'stlarim orasida Markus Tyuramni aytgan bo'lardim – uning uslubi menga yoqadi.

Terma jamoada o'ynaganlarim orasida esa Arda Turan va Emre Belozoglu, hozir esa yana Kenan Yildizni ajratib o'tardim», – deydi Chalxanog'lu Football-Italia bilan bo'lgan intervyusida.

Hozirgi paytda yarim himoyachining «Inter» bilan tuzilgan shartnomasi kelasi yozda tugaydi.