Milanning Inter klubi turk yarimhimoyachisi Hakan Chalxanog‘lu bo‘yicha rejalari bilan tanishdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, nerazzurri 32 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha muzokaralarga alohida e'tibor qaratmoqda. O'yinchining maoshi bonuslar bilan birga 6,5 million evro atrofida bo‘lishi mumkin.
Chalxanog‘lu 2021 yilning yozidan beri milanliklar safida o‘ynaydi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyida tugaydi. Turk yarimhimoyachining bozor qiymati 16 million evro deb baholanmoqda.
