Daniele de Rossi murabbiylik faoliyatiga qaytdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

«Jenoa» jamoasi payshanba kuni uning tayinlanganini e’lon qildi. Hozircha Daniele bilan imzolangan mehnat shartnomasining muddati oshkor qilinmadi.

«Jenoa» jamoasi xabar berishicha, de Rossi allaqachon jamoa bilan uchrashdi va payshanba kuni mashg‘ulot o‘tkazadi. Juma kuni 42 yoshli mutaxassis jurnalistlar bilan uchrashib, matbuot anjumani tashkil etadi.

Serie A chempionatining 10-turidan so‘ng «Jenoa» 18-o‘rinda turibdi. Daniele de Rossi jamoasi navbatdagi o‘yinni 9 noyabr, yakshanba kuni o‘z maydonida «Fiorentina»ga qarshi o‘tkazadi.

De Rossi 2024 yil sentyabr oyidan beri murabbiylik faoliyatini davom ettirmayapti, u «Roma»dan ketganidan keyin ish faoliyatini to‘xtatgan edi.