Milanning Hakan Chalxanog'lu yarim himoyachisi Simone Indzagi va Kristian Kivu haqida fikr bildirdi.

Italiyalik mutaxassis 2021 yildan 2025 yilgacha Interni boshqargan, keyin esa saudiyalik Al-Hilalga o'tgan. Bo'shagan o'rinni Kristian Kivu egallab, o'tgan mavsumda jamoani Seriya A va Italiya Kubogida g'alabaga olib borgan.

«Indzagi haqida yomon narsa ayta olmayman. U meni «Inter»da ko'rishni xohlagan – aynan shuning uchun men bu yerda. U bilan ishlash davomida men o'yinchi va shaxs sifatida juda o'sdim.

Kivu bilan hamma narsa boshqacha – u uchun insonlar, futboldan ko'ra, birinchi o'rinda. U sening qanday his qilayotganingga e'tibor beradi, har doim ochiq. U senga ishonch bag'ishlaydi. Albatta, Kristian taktika bilan shug'ullanadi, lekin futboldan tashqarida u akaga yoki do'stga o'xshaydi – har qanday masalani muhokama qilish mumkin. Menga ko'p savollarni hal qilish kerak edi, va murabbiy juda yordam berdi», – deydi Chalxanog'lu Football-Italia'ga.

Shanba, 22 avgustda, Inter Monza bilan Seriya Aning birinchi turida uchrashadi.