«Como» «Fiorentina»ga hujumchi Moise Keanning transferi bo‘yicha birinchi rasmiy taklifni berdi. Bu haqda jurnalist Janluka di Marziosining sayti xabar bermoqda.

Taklif summasi 30 million evroni tashkil etadi. 5 million evro ijaraga to‘lov sifatida, yana 25 million evro esa futbolchini majburiy xarid qilish uchun mo‘ljallangan.

Ma'lum bo‘lishicha, «Fiorentina» bunday to‘lovga rozi bo‘lishni rejalashtirmayapti. Klub Kinni saqlab qolishni maqsad qilgan va uni faqat katta taklif kelgan taqdirda sotishni ko‘rib chiqadi.

26 yoshli Kean o‘tgan mavsumda 33 uchrashuvda 9 gol va 4 golli uzatma qayd etdi. Joriy mavsumning birinchi o‘yini, Italiya kubogida o‘tkazilgan, Kean o‘z hisobiga 1 gol yozdirib qo‘ydi.