«Milan» «Strasbur» bilan 22 yoshli qanot o'yinchisi Diego Moreyra transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Goal portali xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, muzokaralar ilg'or bosqichda bo'lib, transfer summasi taxminan 45 million evroni tashkil etadi. Moreyra - chap oyoqli qanot futbolchisi bo'lib, u Portugaliya yoshlar terma jamoasidan o'tgan, ammo kattalar darajasida Belgiyani tanlagan. U ushbu jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionatida ro'yxatiga kiritilgan.

O'tgan mavsumda o'yinchi 42 o'yinda 5 gol urib, 9 golli uzatma bergan. Avval Moreyra «Chelsi», «Lion», «Benfika» va «Standart» jamoalarida o'ynagan.