«Roma» hujumchi yarim himoyachi «Portu»dan Rodriq Moraning transferiga yaqinlashdi. «Drakonlar» 19 yoshli futbolchini nisbatan past narxda – 25 million evroga qo'yishga rozi bo'lishdi, shuningdek, klub o'yinchining kelajakdagi qayta sotilishidan olingan foydani yarmiga bo'lishishga kelishib oldi, deb xabar beradi insayder Nikolo Skira. Shu tariqa, «Portu» o'z tarbiyalanuvchisidan Italiyada muvaffaqiyat qozonishi bilan jiddiy daromad ko'rishi mumkin.
O'z navbatida, Mora «Romaga» o'tishga rozilik berdi – u shartnoma imkon qadar tezroq amalga oshishini xohlaydi. Shartnoma 2031 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portugaliyalik futbolchining bozor qiymatini 38 million evrogacha baholamoqda.
