«Al-Ittihod» qanot o'yinchisi Mussa Diabi bu yozda milanlik «Inter»ga o'tishi ehtimoli past.

Fransuz o'zining Yevropaga qaytishini xohlaydi, lekin hozirda Saudiya Arabistonida oladigan katta maoshidan voz kechishga tayyor emas, deb xabar beradi jurnalist Simone Tonya. Bundan tashqari, o'yinchi o'z klubidan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun katta kompensatsiya talab qilgan, bu esa «Inter»ga o'tish imkoniyatini yanada kamaytirmoqda.

Mussa Diabi 2024-yil yozida «Aston Villa»dan 60 million evroga «Al-Ittihod»ga o'tgan. 27 yoshli sobiq Fransiya terma jamoasi futbolchisining hozirgi narxi, Transfermarkt portaliga ko'ra, 25 million evroni tashkil etadi.