Darvozabon Dzion Suzuki «Parma»dan «PSJ»ga o'tgach, darhol Italiyaga qaytishi mumkin. Fransiya klubi yapon o'yinchisini 35 million evro evaziga sotib olish jarayonida. Insider Nikolo Skira xabariga ko'ra, bugun, chorshanba kuni, «Juventus» 23 yoshli darvozabonning agenti bilan ijarani muhokama qilish uchun uchrashadi. Parijliklar o'z yangi o'yinchisini Turin shahriga mavsum oxirigacha yuborishga tayyor. Qaror esa o'yinchining o'ziga bog'liq.
Dzion Suzuki «Parma» safida Seriya Ada 57 o'yin o'tkazib, 81 gol o'z darvozasidan o‘tkazgan, shuningdek, 13 marta darvozani saqlab qolgan. O'tgan jahon chempionatida darvozabon Yaponiyaning barcha to'rt o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
