«Galatasaray» «Milan»dan hujumchi Rafael Leauni sotib olish uchun harakatlarini davom ettirmoqda. Biroq, Stambulning «shirlar»i hozircha «rossoneri» bilan kelishuvga erisha olmayapti.

Jurnalist Yagiz Sabuncuoglu ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilganidek, «Galatasaray» Leau transferi uchun 40 million evro taklif qilgan. «Milan» esa bu taklifni rad etdi va 50 million evro talab qilayotganini ta'kidlab o'tdi.

O'tgan hafta matbuotda «Galatasaray» Leau uchun 35 million evro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ko'rinib turibdiki, agar klub 27 yoshli portugaliyalikni haqiqatan ham qo'lga kiritmoqchi bo'lsa, «shirlarga» taklifni yana oshirishga to'g'ri keladi.