Madridning Atletiko himoyachisi Nauel Molina «Roma»da o‘z karerasini davom ettiradi.

Jurnalist Matteo Moretto ma'lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi rimlik klub bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Molinaning «Roma» bilan tuzgan shartnomasi to‘rt yilga mo‘ljallangan. Tez orada transfer haqida rasmiy e'lon berilishi mumkin.

Oldinroq matbuotda futbolchining transferi rimliklarga taxminan 18 million evroga tushishi haqida ma'lumotlar berilgan edi.

Molina «Atletiko»da 2022 yilning yozidan beri o‘ynaydi. Ispaniyaga ko‘chishidan oldin himoyachi ikki yil davomida italiyaning «Udineze» klubida o‘ynagan.