Milanning Inter klubi yarimhimoyachisi Hakan Chalhanoglu klubdagi kelajagi haqida savolga javob berdi.
32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida tugaydi. Turkiyalik o'yinchi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara o'tkazishga tayyor ekanligini tan oldi.
“Men Interda o'ynashni, Milanda yashashni yoqtiraman. Men va oilam uchun bu yerda hamma narsa yaxshi. Lekin hamma narsa mendan kelib chiqmaydi. Men klubdan telefon kutyapman. Hozircha muzokaralar olib borilmayapti. Nima bo'lishini ko'ramiz”, – dedi Chalhanoglu La Gazzetta dello Sportga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda o'yinchi 30 ta o'yinda 12 gol urdi va jamoa do'stlariga 7 marta assistentlik qildi.
