«Inter»ning bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoaning yaqin ikki o‘yini uchun darvozabonlar rotatsiyasini rejalashtirmoqda. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.
Ivan Provedel o‘tgan yozda «Latsio»dan «Inter»ga 3 million evro evaziga o‘tgan. 32 yoshli darvozabon 10 oktyabr kuni «San-Siro» stadionida o‘tadigan o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi va shu tariqa jamoada debyut qilishi kutilmoqda.
Xosep Martinez bu mavsumda «Inter»ning barcha rasmiy o‘yinlarida boshlang‘ich tarkibda o‘ynagan, 13 oktyabrda «Bryugge»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvida qaytishi kerak.
Avvalroq klub Martinezni asosiy darvozabon sifatida tanlagan, Provedel esa uning zaxira darvozaboni bo‘lishi kutilgan.
