Markaziy himoyachi «Bolonya» Jon Lukumi «Yuventus»ga o'tishga rozi bo'ldi.
28 yoshli futbolchi hozirgi transfer oynasida «qadimiy sinyora» safini to'ldirishga tayyorligini bildirdi. Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, kolumbiyalik futbolchini taklif qilingan shartlar qoniqtirgan – besh yillik shartnoma va yillik 2,5 million evro maosh. O'yinchiga boshqa klublardan ham takliflar bo'lgan, ammo u Turin klubini afzal ko'rdi.
«Yuventus»ga «Bolonya» bilan transfer shartlarini kelishish qolmoqda. Manbaga ko'ra, «rossoblu» markaziy himoyachi uchun taxminan 25 million evro talab qilmoqda. Muzokaralar davom etmoqda.
O'tgan mavsumda Lukumi 43 o'yinda bir marta gol urdi va bir marta assistentlik qildi.
