«Como» jamoasining bosh murabbiyi Francesk Fabregas jurnalistlar bilan matbuot anjumanida «Roma»ga qarshi o'yin oldidan suhbatlashdi. Ispan mutaxassisi raqiblar murabbiyi Jan Piero Gasperinining ishini yuqori baholadi.
«Bu kuchli jamoaga va ajoyib murabbiyga qarshi muhim o'yin. Men ularning o'yin uslubini juda hurmat qilaman. «Roma» - bu jasur o'ynaydigan va kuchli hujum qiladigan jamoa. Jan Piero Gasperini ko'plab futbolchilarga karerasida bir qadam oldinga siljishiga yordam berdi».
«Biz ikkalamiz ham hujumkor futbolni va harakatni yoqtiramiz. Gasperini 30 yildan buyon ishlamoqda, men unga katta hurmat bilan qarayman: u o'z ishiga chin dildan ishonadi».
«Como» va «Roma» o'yini 11-oktabrda bo'lib o'tadi. «Como» jamoasi liganing sakkizinchi o'rnida, Rim jamoasi esa turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
