Avvalgi «Milan» murabbiyi Fabio Kapello, 66 yoshida vafot etgan Franko Bareziga munosabat bildirdi. Kapello fikricha, afsonaviy himoyachi futbolning eng oliy mukofoti - «Oltin to'p»ni olishga loyiq.
«Men Paolo Maldini va Franko Bareziga o'xshash o'yinchilarni tarbiyalaganman. Har doim ular hech qanday muhim shaxsiy mukofotga ega bo'lmaganidan hayron bo'lganman. Bu tushunarsiz. Bunday adolatsizlik uchun yig'lamoqchiman. Men Bareziga o'limidan keyin «Oltin to'p»ni berishni taklif qilardim, - deydi Kapello, italiyalik nashr La Gazzetta Dello Sportga.
Eslatib o'tamiz, Barez 1978 yildan 1997 yilgacha «Milan» uchun o'ynagan.
