«Kalyari» darvozaboni Elia Kaprile o'z karerasini yanada obro'li italiyalik klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli darvozabon bilan «Inter» va «Milan» qiziqmoqda. Kaprilening hozirgi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilda tugaydi. Darvozabonning transfer narxi 12 million evro deb baholanmoqda.
Shartnoma bo'yicha hamkorlik davom etishiga ikki yil qolganligi sababli, sotish uchun ideal imkoniyat ochilishi mumkin.
Seriya Aning besh turidan so'ng «Kalyari» yetakchi guruhda joylashgan. Jamoa 12 ball to'plab, jadvalda to'rtinchi o'rinni egallamoqda.
