Madridning Real rahbariyati braziliyalik qanot o'yinchisi Viniyus Juniorning agentlari bilan uchrashuv o'tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Sky Sports jurnalistlari.
Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar shu hafta o'tkaziladi. «Qirolicha» klub braziliyalikning vakillari bilan yangi mehnat shartnomasi shartlarini muhokama qiladi. Viniyusning «suvli» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil iyun oyining oxirida tugaydi.
Oldinroq, Londonning Arsenal klubi yulduz qanot o'yinchisiga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Junior 2018 yildan buyon Realda o'ynaydi. Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 140 million evro deb baholamoqda.




