«Inter» jamoasining zaxira darvozaboni Xosep Martines halokatli yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Seshanba kuni futbolchi nogiron aravachasida yo‘lga chiqqan qariyani urib yubordi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 81 yoshli kishi harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirgan, ehtimol, uning ahvoli yomonlashgan.

Bu esa fojianing yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Martines jabrlanuvchiga yordam berishga harakat qilgan.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, «Inter» darhol Xosep Martinesga psixolog yordamini taqdim etdi. Shuningdek, futbolchiga bir haftalik dam olish berildi.

Politsiya hodisa yuzasidan tergov ishlarini davom ettirmoqda. Halokatdan so‘ng Martinesdan organizmida spirtli ichimlik va giyohvand moddalar mavjudligini aniqlash uchun testlar olindi.

Tergov natijalari yaqin kunlarda ma’lum qilinadi. Bu voqea futbolchilar va jamoa uchun og‘ir sinov bo‘ldi.