Yarim himoyachi «Atalanta»dan Sharl De Ketelare Frantsiyada o'z karerasini davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Sasha Tavolieri ma'lumotlariga ko'ra, belgiyalik futbolchini «PSJ» sotib olishga qiziqmoqda. Parijliklar futbolchini o'zlarining transfer maqsadlari uchun asosiy variant sifatida emas, balki alternativ sifatida ko'rmoqda.

Sharl De Ketelare 2024 yilda «Milan»dan «Atalanta»ga 23 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Bergamo jamoasi safida barcha musobaqalarda 42 o'yin o'tkazib, besh gol urdi va yetti golli uzatma berdi. Transfermarkt portali belgiyalik futbolchining qiymatini 35 million evroga baholamoqda.