27 yoshli italiyalik yarim himoyachi Nikolo Dzanyolo «Udineze» bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda klubning matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi shartnoma tomonlar o'rtasida 2029 yilning o'rtasigacha amal qiladi. Shartnomada kelajakda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ko'zda tutilgan.
O'tgan mavsumda Nikolo Udineze jamoasida ijarada o'ynadi. Keyinchalik italiyalik klub futbolchini Istanbulning «Galatasaray» klubidan sotib oldi.
Dzanyolo 38 uchrashuvda ishtirok etdi. Yarim himoyachi 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi. «Udineze» Seriya A'da 10-o'rinda yakunladi.




